2019 yil 29 mart kuni ToshPTIda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 11.03.2019 yildagi 87-01-193-sonli xatiga binoan, “Biz radikalizm, missionerlik va prozelitizmga qarshimiz” mavzusida profilaktik tadbir o’tkazildi.
Tadbirda Rus Pravoslav cherkovi Toshkent va O’zbekiston eparxiyasi seminari prorektori S.A.Stastenko, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi Manbalar xazinasi bo’limi xodimi S.Ummatillaev, Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor M.Axmedova, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i A.Xudayberdiev, 2- pediatriya fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari M.Alimova, O’zbekiston yoshlar ittifoqi BT etakchilari va 200 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Rus Pravoslav cherkovi Toshkent va O’zbekiston eparxiyasi seminari prorektori S.A.Stastenko, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Manbalar xazinasi” bo’limi xodimi S.Ummatillaevlar mavzu yuzasidan talaba-yoshlarga keng ma’lumotlar berib o’tdi.