ToshPTI talabalari yozgi amaliyotda!

Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 1-5 kurs talabalari 2019 yil 17 iyundan doimiy yashash joylaridagi qishloq vrachlik punkti, poliklinika va davolash profilaktika muassasalarida yozgi amaliyotini boshladi.

Talabalar yozgi amaliyoti davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning mazmun-mohiyati yuzasidan targ’ibot ishlarini olib bormoqda.

Jumladan; 2019 yil 18-19 iyun kunlari 405-406 guruh talabalari Toshkent shahridagi Ekoparkda “Men tamakisiz muhitni tanlayman” nomli aktsiyada ishtirok etdi. Aktsiya doirasida chekishning salbiy oqibatlari to‘g‘risida rasmlar namoyish qilindi va  405-guruh talabasi Abruev Bekzodning rassomlik ishlari ko‘rgazmasi havola etildi.

20 iyun kuni 405-406 guruh talabalari Toshkent shahridagi 30-sonli “Mehribonlik uyi”da “Sog‘lom hayot” nomli targ‘ibot tadbirini o‘tkazdi. Tadbirda tarbiyalanuvchilarga shifokorlik sohasini tanlash uchun nimalar qilish kerakligi haqida oddiy tilda o‘yinlar orqali tushunchalar berishdi hamda ularni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi.

20 iyun kuni 101-guruh talabasi Ortiqboeva Dildora Yunusobod tumanidagi 596-maktabgacha ta‘lim muassasasida bolalarga kitob o‘qish va uning insonga qanchalik foydali ekanligi, ertak kitoblarini mutolaa qilish bolalarning dunyoqarashini kengaytirishi haqida so‘zlab berdi. O‘zbek xalqining avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan ertaklari, maqollari haqida so‘zlab berdi.

20 iyun kuni 101-guruh talabasi Abdug‘anieva Saida Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani 4-sonli umumtalim maktabi 4-sinf o‘quvchilari va “Gul” mahallasida 9-10 yoshli bolalar o‘rtasida shaxmat musobaqasini tashkil etdi.

20 iyun kuni 101-guruh talabasi Eshkulov Davron Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi Guliston qishloq-xo‘jalik kasb-hunar kolleji o‘quvchilari o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishning ahamiyati, kompyuter texnologiyalarining yangi dasturlari to‘g‘risida ma‘lumotlar berdi. 

21 iyun kuni 2 kurs talabasi Muxtorova Olima Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi 33-sonli maktabgacha ta‘lim muassasasi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish hamda bolalar jismoniy chiniqtirish mashg‘ulotlari tashkil etdi.

21 iyun kuni 105-gurux talabasi Pulatova Ozoda Qashqadaryo viloyati Kitob tumani Suv saroyida 5-10 yoshli bolalar o‘rtasida jismoniy chiniqtirish va sport musobaqalari o‘tkazdi.

21 iyun kuni 416-guruh talabalari Olimjonov Kamoliddin, Turakulova Soxibjamol  417-guruh talabalari Kosimov Otabek, Turakulova Anora, Kamalova Azizalar tomonidan ish faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida sport mashg‘ulotlari o‘tkazishdi.

Talabalar tomonidan beshta tashabbus bo‘yicha uchrashuv va davra suhbatlari davom etmoqda...

photo5206298226397916058

photo5206298226397916061

photo5206513730676960286

photo5206298226397916090 (1)

photo5206298226397916070

photo5206513730676960295

photo5206298226397916068

photo5206513730676960306

photo5206513730676960307

photo5215591440409799462

photo5217881688770718428

photo5321292488234871927

photo5422413898331564618

photo5429095158047157181