"AXBOROT XAVFSIZLIGI" hamda "INTERNET XAVFSIZLIGI"

Toshkent Pediatriya tibbiyot institutida  "AXBOROT XAVFSIZLIGI" hamda "INTERNET XAVFSIZLIGI" mavzusida taqdimotlar bo’lib o’tdi.

Ushbu taqdimotda Innovatsiya Markazi telekommunikatsiya bo’yicha muhandis S.Sh.Shokirov axborot xavfsizligi, hamda Axborot texnologiyalari bo’limi dasturchi muhandisi A.A.Omonov Internet xavfsizligi to’g’risida taqdimotlar olib borildi. Taqdimotlar ma’naviyat va ma’rifat bo’limi tomonidan tashkil etildi. Ushbu taqdimotda 1 kursdan 3 kursgacha bo’lgan talabalar qatnashishdi. Taqdimot davomida axborot hamda uning qanday ahamiyatga ega ekanligi, axborot xavfsizligi, aloqa, Internet, ijtimoiy tarmoq veb saytlari hamda ushbu ijtimoiy tarmoq saytlaridan axborot xavfsizligini ta’minlash maqsadida foydalanish kerakligi haqida tushunchalar, bloger, antivirus, virus, haker, “Elektron hukumat” loyihasi, imzo, muhr, elektron raqamli imzo, O’zbekiston Respublikasi Konstitutstiyasining 29-35 moddalari, O’zbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar to’g’risida”gi, “Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to’g’risida”gi, “Elektron raqamli imzo to’g’risida”gi, “Axborotlashtirish to’g’risida”gi Qonunlari hamda ulardagi ayrim moddalar haqida ma’lumotlar berildi, hamda vaqt bu pul emas, balki mehnat, har bir mehnatning o’zining qiymati borligi asoslab berildi. Taqdimot passiv usul hamda aktiv usulda emas, interaktiv usulda olib borildi. Taqdimotda faol qatnashgan talabalardan biriga taqdimotchilar tomonidan esdalik sovg’asi berildi. Taqdimot jarayonida olingan suratlarni quyida ko’rishingiz mumkin.

1

IMG_2

IMG_1.1

IMG_3

IMG_4

IMG_5