“Ibn Sino o’qishlari”
2014 yil 7 noyabr kuni Toshkent Pediatriya tibbiyot institutida “Ibn Sino o’qishlari” mavzusida tadbir o’tkazildi.
Tadbir Abu Ali ibn Sino hayoti va ijodiga bag’ishlangan videorolik “Axborot namoyish etish punkti” orqali institut jamoasi va talaba-yoshlarga namoyish etishdan boshlandi.
Institut fayesida Abu Ali ibn Sino hayoti-ijodi, uning tibbiyot ilmi, milliy qadriyatlarimizni mustahkamlashdagi o’rnini aks ettirgan 20 dan ortiq ma’ruza stendlar namoyish etildi.
Tadbirni institut rektori professor B.T.Daminov kirish so’zi bilan ochdi va professor T.Sh.Shirinov, professor E.A.Tursunov, professor Sh.M.Axmedov, dotsent N.F.Rasulova va 2 kurs magistratura talabasi M.A.Mirzaevalar Abu Ali ibn Sinoning hayoti-ijodi, uning tibbiyot ilmi, milliy qadriyatlarimizni mustahkamlashdagi o’rni to’g’risida batafsil ma’lumot berib o’tdi.
Tadbir ishtirokchilari tomonidan institut hovlisidagi Ibn Sino byustiga gullar qo’yishdi.