2014 yil 26 noyabr kuni Toshkent Pediatriya tibbiyot institutida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga bo’lib o’tadigan saylovlar to’g’risida siyosiy-xuquqiy targ’ibot tadbiri o’tkazildi.
Tadbirda O’zbekiston RespublikasiOliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo’mitasi a’zosi A.Raxmonov, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining Ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari Z.Karimov, Toshkent Davlat iqtsodiyot universiteti Falsafa kafedrasi mudiri A.Muxtorov, Toshkent Davlat iqtsodiyot universiteti O’zbekiston tarixi kafedrasi mudiri N.N.Qodirovlar mavzu bo’yicha ma’ruza va taqdimotlar qildi.
Shu bilan birga, ma’ruzalar davomida institut professor-o’qituvchilari va talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislar javoblarini oldilar.