2014 yil 12 dekabr kuni ToshPTIda O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi tomonidan talaba-yoshlar ishtirokida “Saylovlarda ishtirok etish mening fuqarolik burchim” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.
Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraktsiyasi a’zosi N.T.Matyoqubova “O’zbekistonda saylov xuquqi erkinligini ta’minlash, saylov tizimlari, saylovchi huquq va majburiyatlari hamda saylov qonunchiligining rivojlantirilishi” hamda O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faollligini oshirish sektori mudiri G.S.Asatova “O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi saylovoldi dasturida xotin-qizlar va yoshlarning ijtimoiy himoyasiga qaratilgan ustuvor vazifalar to’g’risida” ma’ruzalar qildi.
Talaba-yoshlar tomonidan berilgan savollarga ma’ruzachilar tomonidan batafsil javoblar berildi.