Toshkent Pediatriya tibbiyot institutida 2015 yil 12 yanvar kuni 14 yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 10 nafar faxriy ofitserlari ishtirokida “Avlodlar uchrashuvi” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.
Davra suhbatida faxriy ofitserlar tomonidan “Xotira va qadr”, “Odamiylik” tushunchalarining hamda mamlakatimizdagi osoyishta va tinch hayot qadri, mamalakatimiz Qurolli Kuchlarida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati to’g’risidagi fikrlari bilan talaba-yoshlarga yuzlandi.
Talabalar tomonidan berilgan savollarga javoblar berib o’tildi. Faxriy ofisterlarga institut xodimlar kasaba uyushmasining esdalik sovg’alari taqdim etildi.