“Diniy ekstremizm va uning zararli oqibatlari”ni oldini olish, “Giyohvandlikka qarshi kurashish”
2015 yil 10 fevral kuni Toshkent Pediatriya tibbiyot institutida O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsi huzuridagi nаrkоtiklаr nаzоrаti bo‘yichа milliy ахbоrоt-tаhlil mаrkаzi xodimi A.V.Mokiy, Toshkent shahar IIBB TB bo'lim boshlig'i M.Raxmatullaev va Toshkent shahar IIBB TB tergovchisi A.Fozilovlar ishtirokida “Diniy ekstremizm va uning zararli oqibatlari”ni oldini olish, “Giyohvandlikka qarshi kurash” samaradorligini oshirish maqsadida profilaktik tadbir o’tkazildi.
Tadbirda professor-o’qituvchilar, fakul'tetlar bo’yicha ma'naviyat va ma'rifat ishlariga mas'ullar, “Kamolot” YoIH boshlang'ich tashkiloti faollari hamda 200 nafar talabalar ishtirok etdi.
Tadbir davomida talabalar bergan savollarga mutaxassislar tomonidan hayotiy misollar asosida javoblar berib o'tildi.
Tadbir so'nggida “Adashganlar qismati” nomli videofil'm namoyish etildi.