“Barhayot siymolar”

2015 yil 14 fevral kuni Toshkent Pediatriya tibbiyot institutida Alisher Navoiy tavalludining  574 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 532 yilligi munosabati bilan “Barhayot siymolar” nomli ma’naviy-ma’rifiy kecha tashkil etildi.

Kechada 1 kurs talabalari va “Kamolot” YoIH boshlang’ich tashkiloti faollari tomonidan Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodiga to’xtalib,  g’azal va ruboyilaridan aytib, sahna ko’rinishlari namoyish etildi.

Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodiga bag’ishlab tayyorlangan qiziqarli savollarga talabalar tomonidan javob berildi.

Kechada faol ishtirok etgan talabalarga sovg’alar ulashildi.