“Iste’molchilar huquqlari hamisha himoyada”

 

“Iste’molchilar huquqlari hamisha himoyada”

 

2015 yil 17 fevral kuni soat 1200da va 1300da  Toshkent Pediatriya tibbiyot institutida  O’zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi hamkorligida  “Iste’molchilar huquqlari hamisha himoyada”  mavzusida uchrashuv-muloqot o’tkazildi.

Uchrashuv-muloqotda O’zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federastiyasi Matbuot va axborot bo’limi boshlig’i U.S.Mansurova, Yunusobod tumani “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati” raisi V.N.Nazarovlar “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyati hamda amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida ma’lumot berdi.

Uchrashuv-muloqotda professor-o’qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuv-muloqot tafsilotlari  “O’zbekiston” telekanalining “Axborot” va “Yoshlar” telekanalining  “Davr” informatsion dasturlarida namoyish etildi.