“O’zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludining 100 yilligi”
2015 yil 18 fevral kuni Toshkent Pediatriya tibbiyot institutida O’zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludining 100 yilligiga bag’ishlangan adabiy-badiiy kecha bo’lib o’tdi.
Prezidentimizning 2014 yil 31 oktyabrdagi “O’zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludining 100 yilligini nishonlash to’g’risida”gi qarori ijrosi doirasida Yunusobod tumani hokimligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda taniqli adabiyotshunos olimlar, shoir va yozuvchilar hamda institut professor-o’qituvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Kechada O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi Muhtarama Ulug’ova, Yunusobod tumani hokimi o’rinbosari, Xotin-qizlar qo’mitasi raisi Nigora Abdurahimova, O’zbekiston xotin-qizlar qo’mitasi eksperti, falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuxamedova hamda O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan jurnalist, yozuvchi Dilbar Saidovalar so’zga chiqib, O’zbekiston xalq shoiri Zulfiyaning hayoti va ijodi to’g’risida batafsil ma’lumotlar berdi.
Talaba-qizlar tomonidan Zulfiya she’rlaridan aytib, barcha ishtirokchilarni ko’nglini ko’tardi.
Kechada “Nihol” mukofoti sovrindori Madina Mumtoz kuy-qo’shiqlari bilan ishtirok etdi.