1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 700 000 so’m mukofot beriladi
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2015 yil 6 mart kuni “1941-1945 yillardagi urush qatnashchilarini rag’batlantirish to’g’risida”gi farmonga imzo chekdi. Farmonning rasmiy matni O’zAda e’lon qilindi.
Mazkur farmon 9 may umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kuni o’tkazilishi, shuningdek, 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan G’alabaning 70 yilligi nishonlanishi munosabati bilan hamda urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rag’batlantirish maqsadida qabul qilingan.
Farmonga ko’ra, 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 700 000 (etti yuz ming) so’m miqdorida bir martalik pul mukofoti belgilandi.
Mazkur Farmonni bajarish bilan bog’liq sarf-xarajatlar respublika byudjeti mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi.
Shuningdek, 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga ushbu pul mukofotining tantanali va bayramona vaziyatda topshirilishini ta’minlash ham farmonda belgilab qo’yildi.