“Ogohlik – davr talabi”!

“Ogohlik – davr talabi”!

2015 yil 10 mart kuni Toshkent Pediatriya tibbiyot institutida “Diniy ekstremizm, fundamentalizm, terrorizm va aqidaparastlikni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar  samaradorligini oshirish” mavzusida uchrashuv-muloqot o’tkazildi.

Uchrashuv-muloqot kun tartibidagi masala  bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha qo’mitaning mas’ul xodimi J.R.Aliev hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining Ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig’i M.M.Komilovlar ma’ruza qildi.

Uchrashuv-muloqot interfaol usulda o’tkazildi va talabalar mavzu bo’yicha to’liq ma’lumotlarga ega bo’ldi.

Uchrashuv-muloqotda dekanlar muovinlari, Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi xodimlari, Xotin-qizlar qo’mitasi b/t, “Kamolot” YoIH b/t raislari, professor-o’qituvchilar va 200 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdi.