“Diniy ekstremizm va terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdid”

“Diniy ekstremizm va terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdid”.

2015 yil 19 may kuni ToshPTIda O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi “Jinoyat jarayoni” kafedrasi boshlig’i, yuridik fanlar nomzodi, dostent, podpolkovnik I.A.Sottiev, kafedra o’qituvchisi, mayor A.A.Sultonovlar  ishtirokida “Diniy ekstremizm va terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdid” mavzusida uchrashuv-muloqot o’tkazildi.

Tadbirda  ma’ruzachilar tomonidan “Diniy ekstremizm va terrorizm-yoshlar kelajagiga tahdid” mavzusida taqdimot qilindi hamda “Nobakarlar qismati” va “Ekstremistik guruhlar” nomli hujjatli fil’mlar namoyish etildi.

Talabalar mavzuga doir savollar berishdi va ma’ruzachilar tomonidan misollar asosida javob berib o’tildi.