“Jaholatga qarshi ma’rifat”
2015 yil 28 may kuni Toshkent Pediatriya tibbiyot institutida “Yoshlarni sog’lom e’tiqod, vatanparvarlik va bag’rikenglik ruhida tarbiyalash, ularni buzg’unchi g’oyalar ta’siridan himoya qilish” mavzusida uchrashuv-muloqot o’tkazildi.
Uchrashuv-muloqotda “Yoshlarni sog’lom e’tiqod, vatanparvarlik va bag’rikenglik ruhida tarbiyalash, ularni buzg’unchi g’oyalar ta’siridan himoya qilish” va “Jaholatga qarish ma’rifat” mavzularida O’zbekistonXotin-qizlar qo’mitasi ekspert maslahatchisi, falsafa fanlari doktori, professor, J.T.Shermuxamedova ma’ruza qildi.
Talabalar tomonidan berilgan savollarga professor, J.T.Shermuxamedova hayotiy misollar asosida javob berib o’tdi.