“Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim - O‘zbekistonim!”

Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim -  Ozbekistonim!

2015 yil 2 sentyabr kuni Toshkent Pediatriya tibbiyot institutida  “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – O‘zbekistonim!” shiori ostida “Mustaqillik darslari” o’tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari A.I.Ikramov tashrif buyurib talabalaraga “Mustaqillik darslari” mashg‘ulotlarida “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – O‘zbekistonim!” shiori ostida “Kecha kim edigu, bugun kim bo‘ldik” mavzusida ma‘ruza qilib, bugungi va ertangi hayotimizning eng ustuvor yo’nalishlarini o‘zida mujassam etgan, mamlakatimiz va xalqimizning kelajagi, uning ravnaqini belgilab beradigan Prezidentimiz I.A.Karimovning “Ona yurtimiz baxt iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir” nomli kitobining mazmun-mohiyati hususida hamda mamlakatimizning mustaqillik yillarida erishgan yutuqlari, ulkan marralar, bunyodkorlik ishlari, yoshlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar to‘g‘risidagi fikrlarini bayon etdi.

Talabalar tomonidan berilgan savollarga batafsil, hayotiy misollar asosida tushuntirib o‘tdi.

“Mustaqillik darslari”ning tafsilotlari “O‘zbekiston” telekanalining “Axborot” informatsion dasturida namoyish etildi.

IMG_6524

IMG_6526

IMG_6525

IMG_6527