“Turli yot g’oyalar va tahdidlarga qarshi kurashish, milliy immunitetni shakllantirish davr talabi”!

2015 yil 3 noyabr kuni ToshPIda talaba-yoshlar o’rtasida turli yot g’oyalar va tahdidlarga qarshi kurashish, milliy immunitetni shakllantirish maqsadida profilaktik tadbir tashkil etildi.

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha qo’mitaning mas’ul xodimi M.Tolipov, Rus provaslav cherkovi diniy seminariyasi o’qituvchisi O.Shkovorodyuk, Oliy va o’rta  maxsus ta’lim vazirligining Ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig’i M.M.Komilovlar ishtirok etdi.

       Ma’ruzachilar o’z nutqida bugungi tinch va xotirjam hayotimiz, xalqimizning ertangi kunga ishonch bilan yashayotgani, yurtimizning dunyo siyosati va iqtisodiyotida mustahkam o’ringa ega bo’lib borayotgani mamlakatimizda Prezident Islom Karimov tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosatning natijasi ekanligini ta’kidladi. Aynan ana shu tinchlikni qadriga etishda, yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishda har bir fuqaro, ayniqsa yoshlar faol bo’lishi kerakligini aytib o’tdi.

Tadbir so’nggida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha qo’mita tomonidan tavsiya etilgan “21-asr fitnasi” nomli videofilm namoyish etildi.

IMG_7014

IMG_7018

IMG_7025

IMG_7028

IMG_7033

IMG_7035

IMG_7037

IMG_7041

IMG_7039

IMG_7043