“Ertangi kun bizniki, marra bizniki!” shiori ostidagi yoshlar haftaligi ilmiy-ijodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy xarakterga ega bo’lgan tadbirlar O’zbekiston Respublikasida 2015 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar dasturiga muvofiq tashkil etildi.
“Ertangi kun bizniki, marra bizniki!” shiori ostida o’tkazilgan yoshlar haftaligi doirasida O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida talabalar teatr-studiyalari festivali o’tkazildi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda «O’zbekteatr» ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur festivalda oliy o’quv yurtlari professor-o’qituvchilari, san’at va madaniyat namoyandalari, talabalar ishtirok etdi.
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, «O’zbekteatr» birlashmasining 2015 yil 20 maydagi qo’shma qarori asosida Toshkent pediatriya tibbiyot institutida “Talabalar teatr studiyasi tashkil etildi va hududiy bosqichlarda ishtirok etib, final bosqichiga yo’llanma oldi.
“Yoshlar haftaligi” doirasida 17 noyabr kuni «Pediatr» jamoasi Sharof Boshbekovning «Eski shahar bolalari» asari asosida sahnalashtirilgan spektaklni tomoshabinlarga havola etdi.
“Yoshlar haftaligi” doirasida:
1. Qisqa metrajli filmlar festivali;
2. Moda va dizayn festivali;
3. Talabalar teatr studiyalari festivali;
4. “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovi;
5. “Tafakkur sinovlari” tanlovining final bosqichi;
6. “XXI asr – intellektual avlod asri” shiori ostidagi ilmiy-amaliy konferenstiya;
7. “Yangi nigoh” videoroliklar tanlovi sovrindorlarini taqdirlash marosimi kabi tadbirlarda iqtidorli talabalarning tashrifi tashkil etildi.
“Yoshlar haftaligi” doirasida institutning «Pediatr» jamoasi faol ishtirok etganligi uchun ttashkilotchilarning qimmatbaho sovғalari va faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.
21 noyabr kuni “Yoshlar haftaligi”ning yopilish marosimida 30 nafar iqtidorli talabalarning ishtiroki ta’minlandi.