2015 yil 1 dekabr kuni Toshkent Pediatriya tibbiyot instiutida O’zbekiston “Adolat” SDP Siyosiy Kengashi hamda partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi frakstiyasining “Konstitutsiya – adolat mezoni” loyihasi doirasida “Konstitutsiya – umuminsoniy qadriyatlarni mujassam etgan oliy hujjat” mavzusida tadbir o’tkazildi.
Tadbirda O’zbekiston “Adolat” SDP Siyosiy Kengashi raisi, O’zbekiston “Adolat” SDP fraktsiyasi raisi N.M.Umarov, O’zbekiston “Adolat” SDPning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi frakstiyasi a’zolari T.S.Abdusattorov, A.E.Umirovlar mavzuga bag’ishlangan ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.
Tadbir qatnashchilari mamlakatimiz Asosiy Qonunida har bir fuqaroning sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi belgilab qo’yilgani va istiqlol yillarida tibbiy yordam sifati hamda texnik bazasini har tomonlama takomillashtirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar sog’lom turmush tarzini rivojlantirishda salmoqli natijalar berayotgani, O’zbekistonda barkamol avlodni voyaga etkazish uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilganini qayd etishdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga deputat va mutaxassislardan batafsil javob olishdi.
Tadbir tafsilotlari “Yoshlar” telekanalining “Davr” informatsion dasturida namoyish etildi.