“Odam savdosi – hudud, chegara, millat tanlamaydigan mudhish jinoyatdir”

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 07.11.2015 yildagi 87-04-1182-sonli xatiga binoan,  2015 yil 1 dekabr kuni Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti professor-o’qituvchilari va talaba-yoshlari o’rtasida “Odam savdosi – hudud, chegara, millat tanlamaydigan mudhish jinoyatdir” mavzusida profilaktik  tadbir o’tkazildi.

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazining mas’ul xodimlari mavzuga oid ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

Tadbirda odam savdosini oldini olish, uning salbiy oqibatlari nafaqat bir fuqaro, oila balki butun bir xalqning genofondiga salbiy ta’sir ko’rsatishini nazariy va amaliy misollar orqali tushuntirilib o’tildi.

Tadbirda talabalar o’zlarining qiziqtirgan savollari va odam savdosining oldini olish bo’yicha o’z fikr mulohazalarini bildirib o’tdilar.

Tadbirda 200 dan ortiq talaba-yoshlar va professor-o’qituvchilar ishtirok etdi.

IMG_7368

IMG_7369

IMG_7371

IMG_7376

IMG_7388

IMG_7390