14 yanvar – “Vatan himoyachilari kuni”

123

Yurtimizda 14 yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” umumхalq bayrami sifatida keng nishonlanmoqda.

Zero, ona Vatanni himoya qilish har bir farzand uchun muqaddas yigitlik burchi hisoblanadi. Bu sharafli ishga butun vujud, qalb, iymon-e‘tiqod bilan tayyor turish, hamisha sergak va ogoh bo‘lish, zamonaviy harbiy va texnik bilimlarni puxta egallash talab etiladi. Shu boisdan ham farzandlarimizni ajdodlardan bizga meros bo‘lib kelayotgan ezgu fazilatlar hisoblanmish mardlik, matonat va jasorat ruhida tarbiyalash bugungi kunning muhim vazifalaridan biri sanaladi.

Vatanni himoya qilish el-yurt tinchligini asrash, halqimizning buyuk kelajakka bo’lgan ishonchini mustahkamlash, mustaqil O‘zbekistonning halqaro  hamjamiyatidagi o‘rni va  nufuzini oshirish demakdir.

Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti tomonidan ham ushbu sana munosabati bilan talabalar va institut qoshidagi akademik litsey o‘quvchilari va mahalla yoshlari o’rtasida davra-suhbatlari va tadbirlar tashkil etilmoqda.

  Bayram tadbirlari yoshlarni Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi, milliy armiyamiz saflariga o‘z burchlarni o‘tash ishtiyoqini yanada kuchaytirishi shubhasiz.