“Alisher Navoiy ijodida yoshlar tarbiyasi masalasi”

2016 yil 5 fevral kuni Toshkent Pediatriya tibbiyot institutida Respublika Milliy g’oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi bilan hamkorlikda Alisher Navoiy tavalludining 575 yilligi munosabati bilan “Alisher Navoiy ijodida yoshlar tarbiyasi masalasi” mavzusida ilmiy-amaliy konferentsiya o’tkazildi.

Konferentsiyada filologiya fanlari doktori professor, B.To’xliev “Alisher Navoiy badiiy merosining yoshlar tarbiyasidagi o’rni va ahamiyati” mavzusida, filologiya fanlari doktori professor, H.Hamidov “Devoni Foniy”da Navoiy didaktik qarashlarning ifodalanishi” mavzusida va ToshPTI 1-gospital pediatriya kafedrasi dotsenti Z.Jo’raeva “Sog’lom ona va bola – jamiyat poydevori” mavzusida ma’ruza qildi.

Konferentsiyada Respublika Milliy g’oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi rahbariyati, Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti rahbariyati, professor-o’qituvchilar va talaba-yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

IMG_8623

IMG_8634

IMG_8637

IMG_8644

IMG_8684

IMG_8696

IMG_8630

IMG_8620