21 mart “Navruz” umumxalq bayrami!
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligining 03.03.2016 yildagi 87-01-86-sonli xatiga binoan, 2016 yil 22 mart kuni Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti rahbariyati tomonidan Mudofaa vazirligi tizimida xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchi kichik serjant Narkulov Ruslan G‘afforovichning xonadoniga (Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Profsoyuz ko‘chasi, 51 uy, 33 xonadon) tashrif tashkil etildi.
“Navro‘z” bayrami munosabati bilan Narkulov Ruslan G‘afforovichning oilasiga institutning esdalik sovg‘asi taqdim etildi.
Tashrif institutning rasmiy WEB-sayti, “ZiyoNET” axborot ta‘lim portali hamda “Pediatr” gazetasi orqali yoritildi.