“Turli yot g‘oyalar va tahdidlarga qarshi kurashish, milliy immunitetni shakllantirish davr talabi”!

2016 yil 30 mart kuni ToshPTIda talaba-yoshlar o‘rtasida turli yot g‘oyalar va tahdidlarga qarshi kurashish, milliy immunitetni shakllantirish maqsadida profilaktik tadbir tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning mas‘ul xodimi М.Мirismoilov, Rus provaslav cherkovi diniy seminariyasi o‘qituvchisi O.Shkovorodyuklar ishtirok etdi.

Ma‘ruzachilar o‘z nutqida bugungi tinch va xotirjam hayotimiz, xalqimizning ertangi kunga ishonch bilan yashayotgani, yurtimizning dunyo siyosati va iqtisodiyotida mustahkam o‘ringa ega bo‘lib borayotgani mamlakatimizda Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosatning natijasi ekanligini ta‘kidladi. Aynan ana shu tinchlikni qadriga yetishda, yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishda har bir fuqaro, ayniqsa yoshlar faol bo‘lishi kerakligini aytib o‘tdi.

Tadbir so‘nggida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan tavsiya etilgan “Fitna” nomli videofilm namoyish etildi.

IMG_1

IMG_2

IMG_3

IMG_4

IMG_5

IMG_6

IMG_7