“OIV/OITS infektsiyasi etiologiyasi, epidemiologiyasi, klinikasi va profilaktikasi”

2016 yil 2 may kuni Toshkent pediatriya tibbiyot institutida “OIV/OITS infektsiyasi etiologiyasi, epidemiologiyasi, klinikasi va profilaktikasi” mavzusida targ’ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Respublika OITSga qarshi kurash markazi mutaxassisi X.A.Ataxodjaeva, institut rahbariyati, professor-o’qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Ma’ruzada hozirgi kunda butun dunyoda, jumladan mamlakatimizda dolzarb muammo hisoblanmish OITSga qarshi kurash masalalari, Odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV), OIV infektsiyasi, OIVni yuqtirib olganlar, ottirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) tushunchalari, OIV infektsiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari, OIV infektsiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasida davlat boshqaruvi, OIV infektsiyasi tarqalishiga  qarshi kurashishga doir chora-tadbirlar, OIVni yuqtirib olganlarga tibbiy yordam ko’rsatish kabi masalalari hamda yoshlar o’rtasida olib borilayotgan muayyan ishlar haqida ma’lumot berildi.

IMG_9909

IMG_9914

IMG_9920

IMG_9930

IMG_9933