“Odam savdosi – hudud, chegara, millat tanlamaydigan mudhish jinoyatdir”

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 18.04.2016 yildagi 87-03-964-sonli xatiga binoan,  2016 yil 11 маy kuni Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti professor-o’qituvchilari va talaba-yoshlari o’rtasida “Odam savdosi – hudud, chegara, millat tanlamaydigan mudhish jinoyatdir” mavzusida profilaktik  tadbir o’tkazildi.

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi,  O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazining mas’ul xodimlari mavzuga oid ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

Tadbirda odam savdosini oldini olish, uning salbiy oqibatlari nafaqat bir fuqaro, oila balki butun bir xalqning genofondiga salbiy ta’sir ko’rsatishini nazariy va amaliy misollar orqali tushuntirilib o’tildi.

Tadbirda talabalar o’zlarining qiziqtirgan savollari va odam savdosining oldini olish bo’yicha o’z fikr mulohazalarini bildirib o’tdilar. Tadbirda 200 dan ortiq talaba-yoshlar va professor-o’qituvchilar ishtirok etdi.

IMG_0229

IMG_0226  

IMG_0234

IMG_0235

IMG_0238

IMG_0253

IMG_0254

IMG_0256

 IMG_0211