IX-Respublika innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi

2016 yil 27 aprelda Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo’mitasi va Toshkent shahar hokimligi tomonidan tashkil etilgan Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlari innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalari taqdimotlari hududiy ko’rgazmasida hamda 11-13 may kunlari “Uzekspotsentr” markazi ko’rgazma zallarida o’tkazilgan IX-Respublika innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasida Toshkent pediatriya tibbiyot instituti nomidan quyidagi ilmiy xodimlar talabalar, magistrlar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchilar bilan birgalikda faol qatnashdi, diplomlar va faxriy yorliqlarga ega bo’lishdi:

1.Fakultet bolalar xirurgiyasi kafedrasidan ADSS 15.26.4 “Bolalarda ureterovezikal segment rivojlanish nuqsonlarini tashxislash algoritmini ishlab chiqish va korrektsiyalash usullarini tanlash” loyihasi bo’yicha M.M. Aliev, A.A. Raxmatullaev, B.A. Terebaev “Bolalarda ureterovezikal segment rivojlanish nuqsonlarini tashxislash algoritmi” ishlanmasi bilan;

2.Oftalmologiya, bolalar oftalmologiyasi kafedrasidan ADSS 15.26.5 “Suistidentlar va giyohvandlar uchun iridodiagnostik va dermatoglifik markyorlarni ishlab chiqish” loyihasi bo’yicha M.A. Iskandarova, O.J. Kuziev “Iskandarov-Kuziev–“I-K” kaft barmoq andozalarini dermatoglifik tahlil qiluvchi dastur” ishlanmasi bilan;

3.Asab kasalliklari va bolalar asab kasalliklari, tibbiy genetika kafedrasidan ADSS 15.26.7 “O’zbekiston Respublikasi hududlari uchun hos bo’lgan Dyushen/Bekker mushak distrofiyalarini klinik-molekulyar-genetik  korrelyastiyasi  tahlili asosida kompleks tashxislash algoritmini ishlab chiqish” loyihasi bo’yicha U.T. Omonova, Ya.N. Madjidova, D.B. Sattarova “O’zbekiston hududlarida yuqori havf guruhiga mansub oilalarda zo’rayib boruvchi Dyushenn/Bekker mushak distrofiyalarini klinik-molekulyar-genetik xususiyatlarini hisobga olgan holda kompleks tashxislash usuli” ishlanmasi bilan;

4.Asab kasalliklari va bolalar asab kasalliklari, tibbiy genetika kafedrasi va ilmiy-tadqiqot laboratoriyasidan ADSS 15.26.8 “Ishemik insultda angio-sterebro-renal disfunkstiyani prognozlash va tashxislash mezonlarini ishlab chiqish bilan davolashni takomillashtirish” loyihasi bo’yicha X.A. Rasulova, B.T. Daminov, Ya.N. Madjidova “Bosh miya insultining oqibatini prognozlash usuli” ishlanmasi bilan;

5.Sud tibbiyoti, tibbiyot huquqi va patologik anatomiya, sekstion kurs bilan kafedrasidan ADSS 15.26.9 “Giyohvand va psixotrop moddalar bilan o’tkir zaxarlanish xolatlarida og’irliq darajasini baholash va tashxislashni miqdoriy mezonlarini ishlab chiqish” loyihasi bo’yicha X.X. Yakubov, Sh.U. Tursunxodjaeva, L.V. Pirieva “Suvli muxitdan asosiy xarakterga ega bo’lgan giyoxvand moddalarni ajratib olish usuli” ishlanmasi bilan;

6.Travmatologiya, ortopediya va neyroxirurgiya kafedrasidan ADSS 15.26.10 “Bolalarda umurtqa pog’onasini skoliotik deformastiyalarini ko’p bosqichli  jarrohlik  amaliyotini takomillashtirish” loyihasi bo’yicha F.R. Umarxodjaev, M.M. Iskandarov “Bolalarda umurtqa pog’onasini skoliotik deformastiyalarini ko’p bosqichli  jarrohlik  amaliyotini takomillashtirish” ishlanmasi bilan.

Jami 50 tadan ziyod ilmiy xodim va yosh olimlarishtirok etishdi. Yarmarkada 5 ta banner, 500 ta rangli bukletlar rus, o’zbek va ingliz tilida hamda 3 ta videoroliklar, 1 ta videofilm, olingan patentlar, chop etilgan qo’llanmalar, ilmiy maqolalar, asbob-uskunalar, metallokonstrukstiyalar, guvohnomalar va boshqa ko’rgazmali materiallar namoyish etildi.

1111

00000

222222

333333

444444

55555

66666

7777778

888888