“Xotira darsi”

2016 yil 4 sentyabr kuni Toshkent Pediatriya tibbiyot institutining barcha kurs talabalariga bag‘ishlangan “Xotira darsi” o‘tkazildi.

Institutda “Xotira darsi”ni o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I.Ikramov tashrif buyurdi va talaba-yoshlarga O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning porloq xotirasiga bag‘ishlab ma‘ruza  qildi. Unda 200 dan ortiq talaba-yoshlar, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlarning ota-onalari ishtirok etdi.

2016-2017 o‘quv yilida 1-kursga qabul qilingan 400 nafar talaba-yoshlarga O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasining professor-o‘qituvchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning porloq xotirasiga bag‘ishlangan “Xotira darsi” o‘tkazildi.

2 kursdan 7 kursgacha bo‘lgan barcha kurs talabalariga hamda 1-2-3 kurs magistrantlarga kafedralarda O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning porloq xotirasiga bag’ishlangan “Xotira darsi” o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning porloq xotirasiga bag‘ishlangan “Xotira darsi”da institutning barcha 3000 dan ortiq talaba-yoshlari, magistrantlari va professor-o‘qituvchilari qamrab olindi.

1 IMG_1409

2 IMG_1418

3 IMG_1436

4 IMG_1433

5 IMG_1411

6 IMG_1416

7 IMG_1439

8 IMG_1421

9 IMG_1432