2016 yil 21 oktyabr kuni ToshPTI “O‘zbek, rus va lotin tillari kafedrasi”ning professor-o‘qituvchilari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus talim vazirligining 14.10.2016 yildagi №87-02-256 sonli xatiga binoan, O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 27 yilligiga ba‘gishlab "Tilga e‘tibor - elga e‘tibor" mavzusida bayram tadbiri tashkil etildi.
Bayram tadbirida prorektorlar, dekan muovinlari, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Bayram kechasida so‘zga chiqqan Manaviy-axloqiy tarbiya ishlari prorektori M.A.Ahmedova tilimiz ravnaqi yo‘lida istiqlol yillarida e‘tiborga molik ishlar amalga oshirilayotganligi ta‘kidlandi.
Talaba-yoshlar tomonidan mavzuga bag‘ishlab sahna ko‘rinishlari, she‘r va ashulalar kuylandi. O‘zbek tili haqida yangragan kuy-qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilarida yaxshi taassurot qoldirdi.