Toshkent Pediatriya tibbiyot institutida 2016 yil 31 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligining 2016 yil 10 oktyabrdagi 87-03-2905-sonli xatiga binoan, “Giyohvandlik moddalari va unga qarshi kurashish chora-tadbirlarini yanada kuchaytirish to‘grisida”gi mavzuda ma’rifiy uchrashuv o’tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazi mas‘ul xodimlari X.G.Djalolov, B.G.Ro‘zimurodov, O‘zbekiston Respublikasi MXX xodimi Sh.Sh.Mamasaidov, Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi mas‘ul xodimi X.X.Eshov, Toshkent shahar Narkologiya dispanseri vrach-narkologi Yu.I.Allanazarovalar ma‘ruza va taqdimotlari bilan ishtirok etdi.
Tadbir davomida talabalar bergan savollarga mutaxassislar tomonidan hayotiy misollar asosida javoblar berib o’tildi. Tadbir so‘nggida “Narkobiznes - milliardlar keltirgan kulfat” nomli videofilmlar namoyish etildi.