Mamlakatimizda 2016 yil 4 dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni munosabati bilan aholi, keng jamoatchilik vakillari va talaba-yoshlar o‘rtasida huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish, demokratik saylovlarning davlatimiz istiqbolini belgilashdagi ahamiyatini yoritib berish maqsadida Respublika Ma‘naviyat targ‘ibot markazi tashabbusi bilan joriy yil 8 noyabr kuni Toshkent Pediatriya tibbiyot institutida “Saylovlar – xalq hohish-irodasining ifodasidir” mavzusida ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Respublika Ma‘naviyat targ‘ibot markazi xodimlari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a‘zosi, professorNarzulla Jo’raev, Muqimiy nomidagi o‘zbek davlat musiqali drama teatri aktyori Dilmurod Uzoqov va O‘zbekiston davlat san‘at va madaniyat instituti professori Sayyora To’ychievalar kun tartibidagi mavzu bo‘yicha ma‘ruzalar o‘qidi.