O‘zbekiston – mustaqil Vatanimiz, milliy armiyamiz faxru g‘ururimiz!

2017 yil 14 yanvar kuni Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti tomonidan Sergeli tumanida joylashgan 42277-sonli harbiy qismda "O‘zbekiston – mustaqil Vatanimiz, milliy armiyamiz faxru g‘ururimiz!" shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.

Bayram tadbirida institutning faol talabalari tomonidan sahna ko‘rinishlari, qiziqarli viktorinalar o‘tkazildi hamda harbiylarga bag‘ishlangan she‘r va qo‘shiqlar ijro etildi. 42277-sonli harbiy qism harbiy xizmatchilariga institutning esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Тadbir tafsilotlari “Yoshlar” telekanalining “Davr” informatsion dasturida  namoyish etildi.

photo_2017-01-16_15-24-16

photo_2017-01-16_15-24-17

photo_2017-01-16_15-24-28

photo_2017-01-16_15-24-31