Buyuk Yo‘lboshchimiz xotirasi hamisha barhayot

16

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 25 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qarori ayni xalqimiz ko‘nglidagi gap, barchamizning xohish-istagimiz ifodasi bo‘ldi.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mustaqillik yillarida inson va uning manfaatlari yo‘lida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar xalqimizning asriy orzularini ro‘yobga chiqardi, O‘zbekistonimiz erkin, ozod va jahonda o‘z munosib o‘rniga ega mamlakatga aylandi.

Islom Karimov mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi, yurtimizni mustabid tuzum qaramligidan xalos etib, uni zamonaviy asosda rivojlantirish strategiyasini, jahonda taraqqiyotning «O‘zbek modeli» degan nom bilan tan olingan rivojlanish yo’lini ishlab chiqqan, xalqaro miqyosda katta obro‘-e‘tibor qozongan buyuk davlat va siyosat arbobi sifatida Vatanimiz tarixida mangu qoladi. Xalqimiz o’zining tarixan qisqa davr – 25 yilda erishgan barcha yutuq va marralarini haqli ravishda Prezident Islom Karimov nomi bilan bog‘laydi.