Buyuk Yo‘lboshchimiz xotirasi hamisha barhayot

17i

Toshkent pediatriya tibbiyot institutida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning hayot yo’li va boy merosi haqida talabalarga keng tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston davlatining asoschisi Islom Abdug’anievich Karimovning Vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligi va xalqimiz farovonligiga qo‘shgan ulkan hissasi, u kishining sermazmun hayoti va faoliyatining yosh avlod tarbiyasida tutgan o‘rni va ahamiyatini inobatga olib, buyuk davlat va siyosat arbobi tavallud topgan kun 30 yanvar sanasini munosib nishonlash hamda O‘zbekiston Respublikasi  Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirining 2017 yil 19 yanvardagi 22-sonli buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta‘minlash maqsadida 30 yanvar kuni institutda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning hayot yo’li va boy merosi haqida talabalarga keng tushuntirish ishlari olib borildi.

O‘tkazilgan tadbirda talaba-yoshlarga “Mustaqil O‘zbekiston asoschisi” filmi va “Mustaqillik me‘mori” nomli taqdimotlar namoyish etildi.

IMG_0730

IMG_0735

IMG_0740

IMG_0743

IMG_0746

IMG_0755

IMG_0767

IMG_0771