“Giyohvandlikka qarshi kurashish”!

 

 

ToshPTIda 2017 yil 14 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligining 2017 yil 7 fevraldagi 87-02-335-sonli xatiga binoan, “Giyohvandlik moddalari va unga qarshi kurashish chora-tadbirlarini yanada kuchaytirish to‘grisida”gi mavzuda ma‘rifiy uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazi mas‘ul xodimi B.Shamsiev, Toshkent shahar IIBB TB bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik S.Hasanov, IIBB JQB bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.S.Otamurodov, Toshkent shahar Narkologiya dispanseri vrach-narkologi I.J.Muzaffarovalar ma‘ruza va taqdimotlari bilan ishtirok etdi.

Tadbir davomida talabalar bergan savollarga mutaxassislar tomonidan hayotiy misollar asosida javoblar berib o‘tildi.

 

Tadbir so‘nggida “O‘chirilgan iroda” nomli videofilmlar  namoyish etildi.

IMG_1130

IMG_1164

IMG_1124

IMG_1139

IMG_1173

IMG_1141

IMG_1145

IMG_1153