“Ogohlik – davr talabi”!

2017 yil 15 fevral kuni Toshkent Pediatriya tibbiyot institutida “Diniy ekstremizm, terrorizm va aqidaparastlikni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar  samaradorligini oshirish” mavzusida uchrashuv-muloqot o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning mas‘ul xodimi D.S.Bobojonov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligining xodimi N.Raxmonov vа Rus provaslav cherkovi diniy seminariyasi o‘qituvchisi O.Shkovorodyuklar ishtirok etdi.

Uchrashuv-muloqot interfaol usulda o‘tkazildi va talabalar mavzu bo‘yicha to‘liq ma’lumotlarga ega bo’ldi.

Tadbir so‘nggida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan tavsiya etilgan “Qiyomatga qolgan qarz” nomli videofilm namoyish etildi.

IMG_1207

IMG_1208

IMG_1213

IMG_1242

IMG_1252

IMG_1253

IMG_1254

IMG_1265