8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni!
Aziz ayollar va opa-singillar! Bahor butun borliqni yashnatgan shu farahbaxsh kunlarda Siz muhtarama onaxonlar va aziz opa-singillarni 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz!
Sizlarga mustahkam sog‘lik, bahoriy xush kayfiyat, oilaviy baxt, tinchlik-xotirjamlik, xonadonlaringizga fayzu baraka hamda pedagogik faoliyatlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz!
Bahoriy go‘zallik sizlarni hech qachon tark etmasin. Qutlug’ ayyomingiz muborak bo‘lsin!!!