O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 fevraldagi “2017 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi PQ-2801-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirining 2017 yil 3 martdagi 119-sonli buyrug‘ida belgilangan vazifalar bo‘yicha 24 mart kuni Toshkent Pediatriya tibbiyot instiutida “Har kunimiz Navro‘z bo‘lsin” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.
Institut rektori B.T.Daminov, professor E.A.Tursunov, professor Sh.M.Axmedov va dostent M.F.Fayzievalar institut jamoasini “Navro‘z” bayrami bilan samimiy qutlashdi. Tadbirda institut jamoasiga bayram dasturxoni va milliy taom osh tortiq qilindi.
Tadbirda estrada xonandalari S.Hamraqulov, K.Gafurdjanov, U.Shamsievlar va boshqa yosh ashulachilar tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.