Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish va targ'ibot qilish davr talabi!

2017 yil 25 aprel kuni Toshkent pediatriya tibbiyot institutida “Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish va targ‘ibot qilish”ga oid ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Toshkent viloyati xalq ta‘limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti dotsentiRaximboy Jumaniyozov, Toshkent viloyati xalq ta‘limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi,shoir G‘ofurjon Eshmonov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a‘zosi, shoira O‘ktamxon Xoldorova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a‘zosi, “Sharq” nashriyoti matbaa aktsiadorlik kompaniyasi Bosh muharriri o‘rinbosari shoir, Nosirjon Jo‘raevlar mavzuga oid ma‘ruzalari bilan ishtirok etdi.

Ma‘ruzachilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha Komissiya tuzish to‘g‘risida”gi F-4789-sonli farmoyishining mazmun-mohiyati va ahamiyati unda belgilangan vazifalar ijrosini ta‘minlash bo‘yicha talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlik, mutolaa madaniyatini targ‘ib qilishga qaratilgan keng ko‘lamli fikrlarini bayon etdi.

IMG_3543

IMG_3566

IMG_3579

IMG_3553  

IMG_3570

IMG_3598

IMG_3603

IMG_3550  

IMG_3627  

IMG_3552