O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 07.04.2017 yildagi 87-02-1111-sonli xatiga binoan, 2017 yil 3 маy kuni Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti professor-o’qituvchilari va talaba-yoshlari o’rtasida “Odam savdosi – hudud, chegara, millat tanlamaydigan mudhish jinoyatdir” mavzusida profilaktik tadbir o’tkazildi.
Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazining mas’ul xodimlari mavzuga oid ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.
Tadbirda odam savdosini oldini olish, uning salbiy oqibatlari nafaqat bir fuqaro, oila balki butun bir xalqning genofondiga salbiy ta’sir ko’rsatishini nazariy va amaliy misollar orqali tushuntirilib o’tildi.
Tadbirda talabalar o’zlarining qiziqtirgan savollari va odam savdosining oldini olish bo’yicha o’z fikr mulohazalarini bildirib o’tdilar.
Tadbirda 200 dan ortiq talaba-yoshlar va professor-o’qituvchilar ishtirok etdi.