The memory of ancestors is a sacred value!

2017 yil 5 may kuni soat 14:00 da “Ajdodlarni xotirlash-muqaddas qadriyat” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi quzuridagi yuristlar malakasini oshirish markazining kafedra mudiri, yu.f.d., professor Saidova Lola Abduvoqidovna ishtirokida talaba-yoshlar uchun ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir tashkil etildi.

Professor Saidova Lola Abduvohidovna talaba-yoshlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 4 apreldagi “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2865-sonli Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta‘minlash va 9 may - “Xotira va qadrlash kuni” bayrami munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov xotirasiga bag‘ishlab tayyorlagan taqdimotini namoyish qildi.

Tadbirda institutning mehnat faxriylari, dotsentlar N.N.Negmatov va M.A.Fayzievlar  ham  9 may - “Xotira va qadrlash kuni” bayramiga bag‘ishlangan ma‘ruzalari bilan ishtirok etishdi.

 IMG_3994

IMG_4010

IMG_3998

IMG_4018

IMG_4030

IMG_4035

IMG_4039

IMG_4040