2017 yil 2 sentyabr kuni Toshkent Pediatriya tibbiyot institutida “Fidoiying bo’lgaymiz seni, O‘zbekiston!” shiori ostida “Mustaqillik darslari” o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri A.K.Shodmonov tashrif buyurib talabalaraga “Mustaqillik darslari” mashg‘ulotlarida “Fidoiying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” shiori ostida ma‘ruza qilib, bugungi va ertangi hayotimizning eng ustuvor yo‘nalishlarini o‘zida mujassam etgan, mamlakatimiz va xalqimizning kelajagi, uning ravnaqini belgilab beradigan Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” nomli kitobining mazmun-mohiyati hususida hamda mamlakatimizning mustaqillik yillarida erishgan yutuqlari, ulkan marralar, bunyodkorlik ishlari, yoshlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar to‘g‘risidagi fikrlarini bayon etdi.
Talabalar tomonidan berilgan savollarga batafsil, hayotiy misollar asosida tushuntirib o‘tdi.