“Ogohlik – davr talabi”!

2017 yil 15 noyabr kuni Toshkent Pediatriya tibbiyot institutida “Diniy ekstremizm, terrorizm va aqidaparastlikni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar  samaradorligini oshirish” mavzusida uchrashuv-muloqot o‘tkazildi.

Uchrashuv-muloqot kun tartibidagi masala bo’yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo’mitaning mas‘ul xodimi A.Qodirov hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi Boshqarma boshlig’i o’rinbosari N.Raxmonovlar ma‘ruza qildi.

Uchrashuv-muloqot interfaol usulda o‘tkazildi va talabalar mavzu bo‘yicha to‘liq ma’lumotlarga ega bo’ldi.

Tadbir so‘nggida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan tavsiya etilgan “Qiyomatga qolgan qarz” nomli videofilm namoyish etildi.

IMG_1954 IMG_1976

IMG_1979

IMG_1987

IMG_1990

IMG_1965

IMG_1973