“Giyohvandlikka qarshi kurash”

ToshPTIda 2017 yil 24 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligining 2017 yil 31 oktyabrdagi 87-02-3379-sonli xatiga binoan, “Giyohvandlik moddalari va unga qarshi kurashish chora-tadbirlarini yanada kuchaytirish to‘grisida”gi mavzuda ma‘rifiy uchrashuv o’tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazi mas‘ul xodimi B.G.Ro‘zimurodov, Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi mas‘ul xodimi X.X.Eshov, Toshkent shahar Narkologiya dispanseri vrach-narkologi Yu.I.Allanazarovalar ma‘ruza va taqdimotlari bilan ishtirok etdi.

Tadbir davomida talabalar bergan savollarga mutaxassislar tomonidan hayotiy misollar asosida javoblar berib o’tildi. Tadbir so‘nggida “Qabohat” nomli videofilm namoyish etildi.

IMG_2051

IMG_2053

IMG_2060

IMG_2070

IMG_2071

IMG_2076

IMG_2086