2018 yil «Faol tadbirkorlik, innovatsiyon g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili» deb e’lon qilindi!

Prezident SH.Mirziyoyev

Prezident 2018 yilni «Faol tadbirkorlik, innovatsiyon g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili»  deb e‘lon qildi.

 Prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatida shunday taklif bilan chiqdi. Taklif uzoq olqishlar bilan qarshi olindi. «Agarda bu chin yurakdan bo‘lsa, sizlarga katta rahmat», - deya hazil qildi davlat rahbari.  Yil nomini tanlashga izoh berar ekan, Prezident chiroyli nom emas, balki amaliy natijalar berishi lozimligini ta‘kidlab o‘tdi.

2017 yil Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb e’lon qilingan edi, hukumat odamlarni eshitdi, endi natijalar kerak, dedi u.