O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2017 yil 12 dekabrda “Sog‘liqni saqlash sohasida islohotlarni chuqurlashtirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli va istiqboldagi vazifalar to‘g‘risida” o‘tkazilgan videoselektor majlisida tibbiyot oliy ta‘lim muassasalari bakalavriatining “Davolash ishi”, “Kasbiy ta‘lim (davolash ishi)”, “Pediatriya ishi” 7 kurs va tibbiy profilaktika ta‘lim yo‘nalishining 6 kurs talabalari hamda respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, ilmiy tekshirish institutlari, tibbiyot oliy ta‘lim muassasalari, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti 2 kurs klinik ordinatura bitiruvchilarini hududlardagi tibbiyot muassasalariga mutaxassisligiga mos ravishda ishlash uchun 2018 yil 8 yanvardan yuborilishi belgilangan edi.
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rahbariyati Qoraqolpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklari, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqolpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmalari bilan hamkorlikda bitiruvchi 7 kurs va 2 kurs klinik ordinatura bitiruvchilarini 2018 yil 1 yanvargacha ishga taqsimlashni va ularni ishga joylashtirish bo‘yicha to‘liq sharnomalar tuzishga erishildi.
Bakalavriatning 7 kurs bitiruvchilari va 2 kurs klinik ordinatura bitiruvchilari uchun tasdiqlangan davlat ta‘lim standartlari, davlat talablari va o’quv rejalarida belgilangan nazariy va amaliy o‘quv soatlari hamda ularga dars beradigan professor-o‘qituvchilarning 2017-2018 o’quv yiliga belgilangan rejadagi yuklamasi to‘liq bajarildi.
2017-2018 o‘quv yili 7 kurs talabalarining yakuniy Davlat attestastiyalari va 2 kurs klinik ordinatura bitiruvchilarining yakuniy attestatsiyalari 2018 yil 2 yanvardan 2018 yil 6 yanvarga qadar o‘tkazildi.
2018 yil 6 yanvar kuni Toshkent pediatriya tibbiyot institutida 7 kurs “Davolash ishi” 49 nafar, “Kasbiy ta‘lim (davolash ishi)” 68 nafar, “Pediatriya ishi” 290 nafar hamda 97 nafar 2 kurs klinik ordinatura bitiruvchilariga diplom berish marosimi o‘tkazildi va ular hududlarga kuzatildi.