"Milliy armiyamiz-yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir"!
2018 yil 12 yanvar kuni Toshkent Pediatriya tibbiyot institutida “Milliy armiyamiz-yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir!” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi. Bayram tadbiriga 11 nafar iste‘fodagi harbiy ofitserlar taklif etildi.
Bayram tadbirida iste‘fodagi harbiy ofitserlar talabalarga Qurolli Kuchlarimizning mamlakat mustaqilligi va xalq erkinligi kafolatini ta‘minlashdagi roli, armiya va xalq birligi, harbiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyatini aniq misollar orqali keng tushuntirib o’tdi. 11 nafar iste‘fodagi harbiy ofitserlarga institutning esdalik sovg’alari topshirildi