O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 22 dekabrda Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasi o‘rganilmoqda!
Toshkent pediatriya tibbiyot institutida 2018 yil 12 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 22 dekabrda Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasi mazmun-mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
Seminarda institut rektori prof. B.T.Daminov, barcha prorektorlar, fakul‘tetlar dekanlari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Murojaatnomaning mazmun-mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan seminarlar kafedralarda davom ettirilmoqda.