O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 dekabrdagi F-5135-sonli "Vatan himoyachilari kuniga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoyishi, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirining 2017 yil 7 dekabrdagi 904-sonli buyrug‘i ijrosini ta‘minlash maqsadida “Milliy armiyamiz-yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir”! shiori ostidagi Vatan himoyachilari kuni bayramini nishonlash va uni o‘tkazish chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.
Shu munosabat bilan 2018 yil 13 yanvar kuni O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Markaziy gospitalida “Milliy armiyamiz-yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir”! shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi.
Bayram tadbirida institutning iqtidorli talabalari tomonidan sahna ko’rinishlari, qiziqarli viktorinalar o‘tkazildi hamda harbiylarga bag‘ishlangan she‘r va ashulalar ijro etildi.
Tadbir so‘nggida harbiylarga esdalik sovg‘alari taqdim etildi.