29 yanvar kuni Toshkent pediatriya tibbiyot institutida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi eksperti, professor J.T.Shermuxammedova, “O‘zbekkino” milliy agentligi Toshkent shahar bo‘limi xodimi K.U.Egamberdievlar milliy mustaqilligimiz va zamonaviy davlatchiligimiz asoschisi bo‘lgan Birinchi Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimiz tarixan qisqa davrda ulkan yutuq va marralarni qo’lga kiritib, jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egallagani alohida ta‘kidlandi.
Tadbirda davlat rahbari buyuk siyosatchi va dono islohotchi Islom Karimovning mamlakatimiz mustaqilligi va taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi yo‘lida amalga oshirgan ishlari Vatanimiz tarixida o’chmas iz qoldirgani ta‘kidlandi.
Ishtirokchilarga ulug‘ Yo‘lboshchimizning hayoti, faoliyati, yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo‘lidagi buyuk xizmatlari haqida keng ma‘lumot berildi.
Tadbir ishtirokchilariga “Mustaqillik me‘mori” nomli film namoyish etildi.